Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig’i

To‘ychiyev Zafarjon Zokirovich

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig’i

Telefon: 916557055

e-mail: tuychiev7055@gmail.com

SEKTORNING ASOSIY  VAZIFALARI

TDTU Qo’qon filialini ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyani va O‘zR FA ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish.

  • TDTU QF professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash.
  • Maqsadli ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash uchun filial va tayanch oliy ta’lim muassasalariga hamda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot institutlari kvotalaridan unumli foydalanish.
  • TDTU QFning ilmiy maktablari va ilmiy darajali va yuqori bilimli proffessor-o‘qituvchilar nufuzini yetarlicha yuqoriga ko‘tarish va ulardan ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash.
  • Ilmiy-pedagogik kadrlar saloxiyatini uzluksizligini ta’minlash maqsadida talabalar orasidan iqtidorlilarini aniqlash, mataxassislik kafedrasida ular bilan ishlash va uzluksiz faoliyat olib borishlarini ta’minlash.
  • Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ularni O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti va Davlat nomdor stipendiyalari tanlovlarida  maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
  • Innovatsiyalar sohasida yoshlarni oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari bilan bog‘lovchi maydoncha sifatida faoliyatni tashkil etish, foydalanuvchilarga va rezidentlarga innovatsion g‘oya va loyihalarni yaratish, amaliyotga joriy etish bo‘yicha sharoit, maslahat va ko‘mak berib borish.
  • TDTU QF olimlarini chet el va davlat grantlari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi tadqiqotlarga jalb etish, kafedralar yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni xalq xo‘jaligiga tadbiq etilishi, innovatsion hamkorlik ishlari va yarmarkalarga faol ishtirok etishini ta’minlash.
  • Fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, etakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash.
  • Yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el etakchi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.
  • Iqtidorli yoshlarni xalqaro va respublika miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman, seminar, simpozimlar va fan olimpiadalarida doimiy ishtirokini ta’minlash.
  • Iqtidorli yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazib borish.
  • O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish.