Buxgalteriya ma’lumotlari


Bosh xisobchi:  Mamadjanova Maloxat Abdusalomovna

1972-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaxrida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti Qo‘qon filialini 1996-yilda  tamomlagan.

Tel: 90 – 550 – 08 – 34


Bosh xisobchi yordamchisi: Ashurova Nasima Odilovna

1958-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaxrida tug‘ilgan.

Xisobchi: Yuldashev Xamid Azimovich

1989-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaxrida tug‘ilgan.


G‘aznachi: Xayrullaeva Xabiba Xamidullaevna

1981-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaxrida tug‘ilgan.


Bo‘lim va uning faoliyati haqida ma’lumot

 Islom Karimov nomidagi TDTU Qo‘qon filiali buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xay’at qarorlari hamda buyruqlari, filial Kengashi qarorlari va direktor buyruqlari, filial Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

 Bo‘limning maqsadi filialning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda filial moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiklangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, filialning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Buxgalteriya bo‘limi xodimlarining tarkibi

 Buxgalteriya bo‘limining shtat birliklari tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:

  1. Bosh xisobchi filialning tarkibiy tuzilmasiga muvofik bosh hisobchi bevosita filial direktori va ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-hukukiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
  2. Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shahslar bilan hizmat ko‘rsatish hamda haridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar xisobini yuritadi.
  3. Bosh hisobchi muovini auditor – kassa intizomini nazorat qiladi, debitor va kreditor karzdorliklarni bartaraf etish, hodimlarga ish haki va talabalarga stipendiya hisoblash va to‘lash yuzasidan muntazam nazorat ishini olib boradi.
  4. Ish xakini hisoblash bo‘linmasi – hodimlarga tabel asosida ish haki hisoblash, ularga bank orkali plastik kartochka ochish, shahsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini ta’minlaydi.
  5. Stipendiya bo‘linmasi – talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
  6. Moddiy boyliklar bo‘linmasi – filial ombori, moddiy javobgar shahslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.
  7. G‘azna – ish haki va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan nakd pul tarqatilishini amalga oshiradi.

 Bo‘limning huquq va majburiyatlari

 Bo‘lim quyidagi xuquqlarga ega:

– bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun filialning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim kilishni talab kilish;

– filialning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;

– bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;

– amaldagi me’yoriy xujjatlarga asoslanib filialning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha filial Kengashiga takliflar kiritish;

– bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish buyicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;

– qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.

 Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:

– qonunchilik xujjatlariga muvofiq filialning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini xamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;

– filialda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;

– o‘rnatilgan tartibda xamda muddatda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, statistika va soliq idoralariga xisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;

– qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.

Amalga oshiriladigan ishlar mazmuniBajarilish muddatiMas’ul shaxslar
1.        Rahbariyat tomonidan beriladigan topshiriqlarga  mas’uliyat bilan yondashish va o‘z vaqtida bajarish.Yil davomidaBosh xisobchi,bosh xisobchi yordamchisi,xisobchilar va g‘aznachi
2.         TDTU Qo‘qon filiali rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan tegishli tadbirlarda  ishtirok etish.Yil  davomidaBosh xisobchi,bosh xisobchi yordamchisi,xisobchilar va g‘aznachi
3.        Buxgalteriya xujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini xamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini  nazorat qilishYil davomidaBosh xisobchi
4.        Tashkilotda xar oyning boshida xodimlarning oylik ish xaqilarini va talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda xisoblab chiqish. Ish xaqi va stipendiyaga taluqli to‘lov topshiriqnomalarni kerakli tashkilotlarga o‘tkazish.Xar oyning 1-5 sanasigachaXisobchi va g‘aznachi
5.        Xar oyda tashkilotlarga xisobotlar topshirish.Xar oyning 5-15 sanasigachaBosh xisobchi
6.        Tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar, xisob-varaqalar, ishonchnomalar bilan ishlash.Yil davomidaBosh xisobchi va bosh xisobchi yordamchisi
7.        Moddiy tovar boyliklarning omborga kirim chiqim xujjatlarini yuritish. Moddiy javobgar shaxslar bilan ishlash. Yil davomidaBosh xisobchi yordamchisi
8.        Xar oyda o‘qituvchi va xodimlarga avans tushirib berish.Xar oyni 15-16 sanasigachaXisobchilar
9.        Xar oyda kommunal to‘lorlarni xisob-kitobini yuritish.Xar oyni 20-30 sanasigachaBosh xisobchi va bosh xisobchi yordamchisi
10.    Xar chorakda chorakli  xisobotlarni o‘z vaqtida topshirish.Xar chorakni 12 sanasidan oy oxirigachaBosh xisobchi va bosh xisobchi yordamchisi
11.    Moddiy tovar boyliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish.Dekabr oyidaBosh xisobchi yordamchisi
12.    Smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan xisob-kitoblarni amalga oshirish.Yil davomidaBosh xisobchi va bosh xisobchi yordamchisi
13.    Yil yakuni bo‘yicha yillik xisobot topshirish.Yanvar,fevral oylaridaBosh xisobchi va bosh xisobchi yordamchisi