Qabul vaqti: Dushanba-Juma (09:00 – 18:00)
Telefon:+99891 146 90 70
E-mail: devonxona@tdtukokand.uz
Exat-email: tdtukokand@exat.uz
Devonxona bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM
I.Umumiy qoidalari
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori, Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitorigini olib borish Tartibi (O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2017-yil 9-avgustdagi “Ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5017-son Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarligini shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha va chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarori hamda “Hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan faoliyat olib boradi.
2. Devonxona Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va bevosita rektorga bo‘ysunadi.
3.Filialning devonxonasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, farmoyish va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining bayon, farmoyish va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, topshiriqlari va buyruqlari, filial Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, filial Ustavi va mazkur Nizom asosida olib boradi.
4. Devonxona mudiri lavozimida o’rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin.
5. Devonxona mudiri lavozimiga o’rta maxsus ma’lumotga va ushbu sohada kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
6. Devonxona xodimlarining soni shtat birligi va umumiy ish haqi fondi qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
II.Bo‘limning maqsad va vazifalari
2. Bo‘limning maqsadi-filialda ish yuritish hujjatlari bilan ishlashni tashkillashtirish va takomillashtirish, filial doirasida kirish va chiqish xatlarini qayd qilish hamda ular bilan ishlashni to‘g‘ri tashkil qilish, yuqori tashkilotlar, filial direktorining farmoyishlari, buyruqlari bajarilishini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, ish yuritish jarayonida tashkil topgan hujjatlardan foydalanish va ularning saqlanishini ta’minlash.
2.1. Bo‘limning asosiy faoliyati va vazifalari
2.2.Filial fakultetlari, kafedralari va bo‘limlariga ish yuritish hujjatlari yig‘ma-jildlari ro‘yhatini beradi;
2.3.Filialning fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarida ish hujjatlarining yuritilish holatini o‘rganadi;
2.4. Filialning tegishli xodimlari (ish yurituvchi) ish hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha maslahatlar beradi;
2.5.Yuqori tashkilotlar, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarini tegishli ijrochilarga yetkazishini ta’minlaydi;
2.6. Yuqori tashkilotlar, universitet rektori buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarini tegishli kompyuter dasturiga joylashtiradi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2.7.Filial fakultetlari, kafedralari va tarkibiy bo‘linmalarini ularning murojaatlariga muvofiq chiquvchi xatlar yoziladigan belgilangan tartibda raqamlangan maxsus blanklar hamda buyruq blanklari bilan ta’minlaydi;
2.8.Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
III. Bo‘limning huquq va majburiyatlari
3. Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
3.1. Filial rahbariyati bilan kelishilgan holda filial fakultetlari, kafedralari va tarkibiy bo‘linmalariga ish yuritish masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish, hujjatlarning ijrosini ko‘rib chiqilishini talab qilish;
3.2. Filial Kengashi va boshqa majlislarda devonxona hamda arxiv ishlari bilan bog‘liq masalalarning ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
3.3.Filial arxivi faoliyatini nazorat qilish;
3.4. Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
3.2. Bo‘limning majburiyatlari
3.1.Filialga elektron pochta orqali yuborilgan xatlarni kun davomida qabul qilish va o‘z ijrochilariga yetkazish;
3.2. Xatlarni qabul qilish va jo‘natish;
3.3.Filial rahbariyatiga va bo‘limlariga hujjatlar, ularni qayd etish va ijrosini muntazam nazorat qilish;
3.4.Filial xodimlarini dahldor buyruq, farmoyish va boshqa hujjatlar bilan tanishtirib borish;
3.5. Filial rahbariyatiga ish yuritish va xatlar ijrosini nazorat qilishga doir ma’lumotlar taqdim etish;
3.6. Filial tarkibiy bo‘linmalari ish yuritish xizmati xodimlari (kotiba) ishlarini nazorat qilish hamda ularga uslubiy hamda amaliy yordam berish;
3.7.Maqsadli-me’yoriy hujjatlar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, joriy qilish va texnik vositalardan samarali foydalanish;
3.8. Filial tarkibiy bo‘linmalarida tasdiqlangan “Hujjatlar yig‘majildi”ni yuritilishini ta’minlash, tashkil qilish va doimiy nazorat qilish, zarurat bo‘lganda, ularga o‘zgartirishlar kiritish va tasdiqlatish;
3.9.Devonxona o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.1. Devonxonani boshqarish mehnat shartnomasiga asosan filial direktorining buyrug‘i bilan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan devonxona mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
4.2. Devonxona tashkiliy tuzilmasiga devonxona mudiri bilan birga filial direktorining buyrug‘i asosida vazifasiga tayinlanadigan va vazifasidan ozod etiladigan ish yurituvchi kiradi.
4.3. Devonxona xodimlari o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom asosida va uning ilovasida keltirilgan filial devonxonasi xodimlarining lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4.4. Devonxona xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash uning mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
4.5. Mudir devonxona faoliyatiga rahbarlik qiladi va uning nomidan ish yuritadi.
4.6. Devonxona mudiri o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
5.1.Devonxonani saqlash va faoliyatini yuritish bilan bog‘liq barcha sarf-harajatlar filialning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5.2.O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filial tomonidan devonxona xodimlarining lavozim maoshlari belgilanadi va boshqa barcha to‘lovlar filial rahbari ruxsati bilan filialning byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
VI.Bo‘limni javobgarligi
6. Devonxona mudiri va xodimlari o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
VII. Bo‘limni faoliyatini nazorat qilish
6.1.Devonxona faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filial tomonidan tuzilgan komissiya yoki filial faoliyatini rejali tekshirish davrida tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
6.2. Devonxonaning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning saqlanishi, yuritilishi va belgilangan tartibda arxivga topshirilishini ta’minlash yuzasidan devonxona mudiri javobgar hisoblanadi.
Devonxona xodimlarining lavozim majburiyatlari
Devonxona mudiri lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
-Filialga kelgan hujjatlarni to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini tashkil etish;
-Filialdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
-Filial direktori nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
-Filial direktori imzosi bilan yuboriladigan hujjatlarni qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
-Kiruvchi xat-xabarlarni, filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olish;
-Ijro etilgan hujjatlarni yig‘majildlarga tikib qo‘yish;
-Filial bo‘limlari, ish yuritish xizmati xodimlari ishlarini nazorat qilish hamda ularga uslubiy-amaliy yordam berish;
-Me’yoriy hujjatlar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va texnik vositalardan samarali foydalanishni ta’minlash;
-Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish;
-Arxiv faoliyatini nazoratini olib borish;
-Har kalendar yili yakunlari bo‘yicha devonxona va arxiv faoliyati bo‘yicha direktorga hisobot tayyorlash.
Filialda ish yurituvchi lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
-Hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
-Filialga kirish hujjatlarini qabul qilib olish, ularni varaqchaga qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
-Filial direktorining ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;
– Filial direktori imzosi bilan jo‘natiluvchi hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
– Filialga kiruvchi xat-xabarlarni, filial rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini hisobga olish;
-Ijro etilgan hujjatlarni yig‘majildlarga tikib qo‘yish;
-Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi korporativ portali orqali kelgan barcha xatlarni tekshirib qabul qilish va nazoratni olib borish;
-Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish.
Kur’erning lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
-Filial direktori yoki devonxona mudiri topshirig‘iga muvofiq xat va hjjatlarni tegishli tashkilotlarga yetkazish;
-Filial tarkibiy bo‘linmalari tomonidan tayyorlangan va o‘rnatilgan tartibda imzolangan hamda devonxonada qayd etilgan xatlarni pochta aloqa bo‘limlari orqali tegishli manzillarga yetkazishni ta’minlash;
-Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa lavozim vazifalarini bajarish.