Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi mudiri

 

Nazarova Zulxumor Raximovna 

Tel: +998903067069

 

 

 

ARM faoliyat kunlari:

  • Dushanba-Juma 8:30 dan 16:30 gacha
  • Shanba 8:30 dan 14:30 gacha

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiAxborot resurslar markazi kutubxonachisi

Jurayeva Dilfuza Mamadaliyevna

 

 

 

 

ARM telegram kanali: @armtdtuqf

1)  Axborot resurs markazida yetarli sharoitlarning yaratilganligi.

Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali kutubxonasi 2018 yilda tashkil etilgan,  2018-2019 yillari kapital ta’mirdan o‘tgan.

ARM fondi 240 000 dona kitob sig‘imiga ega. Hozirgi kunda filial kutubxonasining umumiy fondini 2887 nomda 3797  nusxadagi adabiyotlar tashkil etadi.

ARM o‘quv zallari 2 ta sektorga bo‘lingan, 80 o‘ringa ega.

ARM 4 nafar malakali xodimlar faoliyat yuritadi.

ARMga filialning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba yoshlar a’zolar bo‘lishgan, a’zolarining umumiy soni 752 nafarni tashkil etadi.

ARM kitob fondi muntazam ravishda turli turdagi (siyosiy, badiiy, o‘quv, ilmiy, ommabop)  adabiyotlar bilan boyitilb boriladi.

2)  Fanlarni adabiyotlar bilan yetarli darajada ta’minlanganligi.

Filialda 2022/2023 o‘quv yili davomida jami 120 ta fan o‘qitilayotgan bo‘lib, o‘quv fanlari bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minganlik 96 foizni tashkil etadi. Kitobxonlarning ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib, facebook va telegram  ijtimoiy tarmoqlarida https://t.me/armtdtuqf, https://t.me/elektronuchebnik elektron kutubxonalar tashkil etilgan bo‘lib, kitobxonlar ehtyojidan kelib chiqqan holda, muntazam ravishda yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Hozirgi kunda mazkur kanallardagi barcha adabiyotlar soni 9507 tani tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi (2018-yil 22-sentabrdagi 754-son) qarori asosida filial Axborot resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot resurs markaziga aylantirildi. 2011-yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-aprel “Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi PQ-280-sonli qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi asosida ishlar olib borilmoqda.

Axborot–resurs markazi mudiri lavozim vazifalari:

  • Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • OTM, viloyat va Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda markaziy ARMlar bilan bog‘lanib, doimiy ravishda ARM kutubxona fondini oshirib borish;
  • Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • ARM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
  • Filial ARM va boshqa ARMlar bilan aloqani olib borish;
  • Axborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
  • Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar, zamon talabi darajasidagi jihozlar hamda texnik vositalar bilan  ta’minlash; kompyuterlashtirish va internetdan foydalanish ishlarini takomillashtirish;
  • Kutubxona (Axborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan ta’minlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan to‘g‘ri foydalanish, topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
  • Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
  • Ishlov berish va butlash bo‘limining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob do‘konlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shug‘ullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini to‘liq butlash uchun tarmoq filial va pochta orqali kitob jo‘natadigan do‘konlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yo‘qolganlari o‘rniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.

 1,436 total views,  2 views today