Nazarova Zulxumor Raximovna
Axborot-resurs markazi mudirasi
ARM faoliyat kunlari:
Dushanba-Juma 8:30 dan 16:30 gacha
Shanba 8:30 dan 14:30 gacha
Tel: +998903067069
ARM telegram kanali: @armtdtuqf
Axborot–resurs markazi mudiri lavozim vazifalari:
Jurayeva Dilfuza Mamadaliyevna
Axborot resurslari bilan xizmat korsatish bo’limi kutubxonachisi
Tel: +998911438273
Djo’raboyeva Dilfuza Muratovna
Ilmiy-uslubiyvaaxborot-ma’lumotlar (davriynashlar) bo’limikutubxonachisi
Tel: +998903055988
Ashurova Ismigul Baxtiyorjon qizi
Elektron axborot resurslari bilan xizmat korsatish bo’limi kutubxonachisi
Tel: +998908500929
1) Axborot resurs markazida yetarli sharoitlarning yaratilganligi.
Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Axborot-resurs markazi 2018 yilda tashkil etilgan, 2018-2019 yillari kapital ta’mirdan o‘tgan.
ARM fondi 240 000 dona kitob sig‘imiga ega. Hozirgi kunda filial kutubxonasining umumiy fondini 5000 nusxadagi adabiyotlar tashkil etadi.
ARM o‘quv zali 30 o‘ringa ega.
ARM 4 nafar malakali xodimlar faoliyat yuritadi.
ARMga filialning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba yoshlar a’zolar bo‘lishgan, a’zolarining umumiy soni 900 nafarni tashkil etadi.
ARM kitob fondi muntazam ravishda turli turdagi (siyosiy, badiiy, o‘quv, ilmiy, ommabop) adabiyotlar bilan boyitilb boriladi.
2) Fanlarni adabiyotlar bilan yetarli darajada ta’minlanganligi.
Filialda 2023/2024 o‘quv yili davomida jamit 200 taga yaqin fan o‘qitilayotgan bo‘lib, o‘quv fanlari bo‘yicha adabiyotlar bilan ta’minganlik 86 foizni tashkil etadi. Kitobxonlarning ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib, facebook va telegram ijtimoiy tarmoqlarida https://t.me/armtdtuqf, https://t.me/ elektronuchebnik elektron kutubxonalar tashkil etilgan bo‘lib, kitobxonlar ehtyojidan kelib chiqqan holda, muntazam ravishda yangi adabiyotlar bilan boyitib boriladi. Hozirgi kunda mazkur kanallardagi barcha adabiyotlar soni 12507 tani tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi (2018-yil 22-sentabrdagi 754-son) qarori asosida filial Axborot resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Ayni vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirish, shu bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot resurs markaziga aylantirildi.
2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi PQ-280-sonli qonunlari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi asosida ishlar olib borilmoqda.