Temirbayev Mashrab Karimovich
Lavozimi: Sektor raxbari
Ilmiy darajasi: Falsafa fanlari nomzodi
Qabul vaqti: Har kuni soat 09-00 dan 17-00 gacha
Telefon: +998 9 1686 21 50
Telegram: +998 91 686 21 50
e-mail: ichkinazorat@tdtukokand.uz
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring sektori haqida:
1. Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarining bajarilishi, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumatining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining meyoriy hujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, filial bo’yicha ichki buyruqlar, qarorlar va ko’rsatmalarning o’z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo’limi sektori O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,”Ta’lim to’g’risida “, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, farmoyish va qarorlariga, Respublika hukumatining qarorlari, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshiradi.
3.Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori universitetda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijroetish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at qarorlari, vazirlik va filialda chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari:
1. Filialda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining oliy ta’limga oid me’moriy-huquqiy hujjatlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemnoma va telefonnomalarini, shunungdek filialning ichki buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib boorish hamda ularning bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni vazirlikning Nazorat va tahlil boshqarmasiga hamda tegishli oshqarmalariga o’z muddatida sifatli taqdim qilish;
2. Oliy ta’limni boshqarish organlariga (vazirlik,rektorat,filial kengashi ) ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
3.Filial qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
4.Filial professor-o’qituvchilar tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil qilish va o’tkazish;
5.Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.
6. Xulosa, ko’rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf va hal qilish hamda mutasaddi xodimlarning o’z xizmat lavozimlariga loyiqligi bo’yicha aniq takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etadi.
7. Filialda va unga tegishli ta’lim muassalarida bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtrok etish.
8.O’quv yurti faoliyatini o’rganish bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat vazifalkrini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish:
9. Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissetatsiyasini himoya qilish, davlat attestatsiyalarining o’tkazilishini barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish:
10. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring huquqi doirasidagi masalalrni joylarda o’raganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakali professor-o’qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo’limi ishchi xodimlari haqida:
2021 yil iyul oyidan “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo’limi deb nonlandi.
Sektor boshlig’i-Temirbayev Mashrab Karimochiv
Bosh mutaxassis-Maxkamova Dilnoza Muradjonovna.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish
JADVALI
№ | F.I.Sh | Lavozimi | Qabul qilish kuni va vaqti |
1. | Maksudov M.S | Direktor | Seshanba 1500-1700 Juma 1600-1700 |
2. | Anorov R.A | O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari | Chorshanba1500-1700 Payshanba 1500-1700 |
3. | Xamedov B.V | Ishlar boshqarmasi boshlig’i | Juma 1500-1700 |
4. | Temirboyev M.K | Ijro va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori boshlig’i | Har kuni 1500-1700 |
5. | To’ychiyev Z.Z | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar direktor o’rinbosari | Chorshanba1500-1700 Juma 1500-1700 |
Hurmatli fuqarolar sizning murojaatingizni doim eshtishga va muammoingizni qonuniy bartaraf etishga tayyormiz!
TDTU Qo’qon filiali
Ishonch raqami:(73)541-07-94