Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 1-sonli talabalar turar joyida «Besh tashabbus olimpiadasi» ning ikkinchi mavsumi doirasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.
Oliygoh «Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti aʼzolari va mahalla yoshlar yetakchilari bilan qoʻshma hamkorlikda tashkillangan musoboqada 50 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Yakunda shaxmat boʻyicha 3- bosqich 6-20 guruh talabasi Mirzayev Islomjon gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shashka boʻyicha esa 1- bosqich 2-22 guruh talabasi Mutalova Sevinchxonga nasib etdi.
Gʻoliblar Oliygoh direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov tomonidan sertifikat va shahar bosqichiga yoʻllanma bilan taqdirlandilar.