Filiali professor-oʻqituvchlari Qozogʻiston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston texnika universitetiga amaliy tashrif buyurdilar.

Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali professor-oʻqituvchlari Qozogʻiston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston texnika universitetiga amaliy tashrif buyurdilar.
Amaliy tashrifdan koʻzlangan maqsad u yerdagi talabalarga ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarning tashkil etish, OTM lar o‘rtasida akademik almashinuvchanlik bo‘yicha hamkorlik masalalarini hal etish. М.Аuezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston texnika universitetining “Qurilish” fakultetida 14-soat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari olib borildi, bundan OTM rahbariyati va talabalar o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Leave a Reply