Respublikamiz bo’ylab “Mahallada duv-duv gap” targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

Joriy yilning 9-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialida Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabr kuni “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi“da mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni isloh qilish haqidagi topshirig‘ining ijrosini taʼminlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri o‘tkazildi.

Dastavval, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng filial direktor v.v.b M.Maqsudov soʻzga chiqdi va barchani 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yili bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir davomida filial “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari va “Talabalar teatr studiyasi” aʼzolari tomonidan “Al- Fargʻoniy” va “Jadidlar” spektakli namoyish etildi.

Ushbu tadbirlardan maqsad – Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga hayotiy misollar va dalillar orqali sodda, tushunarli shakllarda yetkazishdan iborat.

Tadbir yakunida madaniyat xodimlarining badiiy chiqishlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Leave a Reply