OLIYGOHGA VILOYAT KENGASHI RAISI TASHRIF BUYURDI

Joriy yilning 25-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining Fargʻona viloyati Kengashi raisi Jumanov Shoxrux Panjiyevich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Oliygohning boshlangʻich tashkiloti faoliyati, ish yuritish hujjatlari va talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar hamda innovatsiyon loyihalar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, filialning “Yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy barqarorligini saqlash” bo‘yicha direktor maslahatchisi J.Tadjibayev hamda Sh. Jumanov oʻrtasida suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida talabalarning boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan kelishib olindi.

Leave a Reply