Joriy yilning 16-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali “Muhandislik” fakultetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatishga qarshi tezkor profilaktik tadbir” mavzusida
Fargʻona vil IIB TB Ambulatoriya boshligʻi mayyor J.A.Joʻraboyev, Qoʻqon shahar IIB TQH JQB katta tezkor vakili kapitan S.T.Nazarov hamda filial inspektori U.Maqsudovlar hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida talabalarga giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi videorolik hamda tarqatma materiallar koʻrsatib oʻtildi.Shuningdek, suhbat yakunida talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan aniq javoblar berib oʻtildi.