Filialda “Talabalar festivali” tashkil etildi.

Joriy yilning 6-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida “Talabalar festivali” tashkil etildi.Festivalni oliygoh direktori v.v.b M.Maksudov soʻz olib talabalarni festival bilan qutlab tadbirlarda va jamoat ishlarida faol boʻlgan talabalarga omad tiladi hamda ularga faxriy yorliqlar topshirildi.

Festival davomida “Osh tanlovi” milliy sport turi “tosh koʻtarish” “arqon tortish” hamda “armrestling” boʻyicha musobaqa, “milliy liboslar” tanlovi, va shuningdek, doshqozonga sumalak solinib talabalar tomonidan kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

Yakunda esa talabalar festivalida faol boʻlgan hamda musobaqalarda gʻolib bo’lgan talaba yoshlar oliygoh maʼnaviyat-maʼrifat boʻlimi tomonidan munosib taqdirlandilar.

Leave a Reply