BUGUN YURTIMIZNING BARCHA HUDUDLARIDA “OBOD VA FAYZLI MAHALLA — YURT KO‘RKI” SHIORI OSTIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI BO‘LIB O‘TMOQDA.

Joriy yilning 16-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialining 1-2-binolarida Navro‘z bayrami hamda muborak Ramazon oyida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Mutasaddilar, professor-oʻqituvchlar, ishchi xodimlar, koʻngilli talabalar faol ishtirokida binolar atrofidagi yerlarni chopish va ular atroflarini tozalash, daraxtlarni oqlash va butash, maysazorlarni tartibga keltirish ishlari hamjihatlikda bajarildi.

Shuningdek, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga olib chiqilishi ta’minlandi.
2-kun davom etgan hasharda 2 ming tup turli xil daraxt koʻchatlar ekildi. 28 metr yoʻlak taʼmirlandi, 5 tonna maishiy chiqindi chiqarib tashlandi, 0.7ga yer maydoni obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar davom etmoqda…

Leave a Reply