Amaliyot ekskursiyasi “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJ da bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27-
iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari
va tarmoqlarining ishtifokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3151- sonli hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chorartadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli qarorlari
hamda “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING” MChJ-ning 2024 yil 05-apreldagi 1020-sonli aloqa xati ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 16-aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali
O’quv ishlari bo’yicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, “Muhandislik” fakulteti dekani M.Qambarov, “Energetika” fakulteti dekani I.Usmonov va “Marketing yа talabalar amaliyoti” bo’limi boshlig’i B.To’raxodjaevlar Toshkent shahrigagi “ARTEL ELECTRONICS MANUFACTURING MChJ” korxonasiga Toshkent viloyatida yashovchi talabalar bilan ekskursiya uyushtirdilar.

Leave a Reply