26, 27, 28-aprel kunlari o’tkaziladigan #Hakaton musobaqasida o’z bilim va salohiyatiga ishongan barcha 16-30 yosh oralig’idagi Farg’ona vodiysi yoshlari ishtirok etishlari mumkin.
Mazkur musobaqa BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarini kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirilgan bo’lib, siz quyidagi yo’nalishlarda birida ishtirok etishingiz mumkin:
- Taʼlim va kasb-hunarga o’qitish;
- Bandlikni ta’minlash bo’yicha yechimlar;
- Zamonaviy sohada o’zini band qilgan frilanserlik;
- Tadbirkorlik sohasidagi yechimlar;
Ishtirokchilar yakka yoki 3 kishilik jamoa shakllantirgan holda hakatonda ishtirok etishlari mumkin, bir jamoa faqat bitta yo’nalishda qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Sovrin jamg’armasi: zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilar uchun smart-soat va quloqchinlar;
Hakaton – dasturchilar marafoni bo’lib, unda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida tavsiya etilgan yo’nalishlar bo’yicha biron bir g’oya ustida bosh qotirishadi, keyin jamoaga birlashib shu g’oyani amalga oshirish uchun kirishadilar. Natijada, ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega biron bir uskuna yoki dastur dunyoga keladi.
Hakatonda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting: https://forms.gle/gWz8xSfxuQcV9uUg7