Filial haqida

Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali hamjamiyatining umumiy maqsadi bor: ta’lim, tadqiqot va innovatsiyalar orqali dunyoni yashash uchun yaxshiroq joyga aylantirish. Biz qiziqarli, elita, ixtirochi va badiiymiz, raqamlarga ishtiyoqli va iqtidorli odamlarni ular qayerdan bo’lishidan qat’i nazar, mehmondo’stmiz

Qo‘qon filiali Toshkent davlat texnika universitetining Farg‘ona vodiysidagi birinchi va hozirda yagona filiali bo‘lib, muhandislik, geologiya, iqtisod, texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-sentabrdagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi 754-son qarori asosida tashkil etilgan.

Hozirda Qo‘qon filiali qoshida ikkita fakultet faoliyat yuritmoqda: “Muhandislik” fakulteti va “Energetika” fakulteti. Professor-o’qituvchilar soni dotsentlar, katta o’qituvchilar, yordamchi o’qituvchilardan iborat 64 nafarga yetdi. Hammasi bo’lib 13 ta bakalavriat va 2 ta magistratura yo’nalishi mavjud bo’lib, ularda hozirda 1519 nafar talaba tahsil olmoqda.

Bakalavriat taʼlim dasturlari quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha:

  1.  Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  2. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha )
  3. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
  4.  Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
  5.  Transport ishlab chiqarish muhandisligi (turlari bo’yicha)
  6. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
  7.  Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo’yicha)
  8.  Elektron apparaturalar ishlab chiqarish  texnologiyasi
  9. Texnologik mashinalar va jixozlar (mashinasozlik va metalga ishlov berish)
  10. Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
  11. Geodeziya, kartografiya va kadastr
  12.  Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi)

Magistratura dasturlari quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha:

  1. Kimyoviy texnologiya
  2. Texnologik mashinalar va uskunalar

Filial o‘zining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilaydi:

  • sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishlari va ishlab chiqarish texnologiyalari, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; va uskunalar, elektron uskunalar ishlab chiqarish texnologiyalari;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnikaviy vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va joriy etishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish;
  • kadrlar xaridorlarining takliflari va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
  • istiqbolli yosh bitiruvchilarni respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga magistratura va doktoranturaga muntazam ravishda yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali murojaat ma’lumotlari: