Joriy yilning 21-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talabalarni jismonan sogʻlom, baquvvat va chidamliligini oshirish maqsadida “Street Workout” ning “turnik” va “brus” sport turi musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada jami 55 nafar talaba-yoshlar qatnashishdi. Shuningdek, 105 nafar talabalar ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida faol ishtirok etishdi.
Gʻolib boʻlgan talabalar sertifikat va hududiy bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.