Fakultetlar oʻrtasida “Zakovat” ligasining “Direktor kubogi” final bosqichi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talaba-qizlar ligasida “Direktor kubogi” ning yakuniy fakultetlar oʻrtasida final musobaqasi tashkil etildi.Unda “Energetika”fakultetining “Energetiklar” va “Muhandislik”fakultetining “Serdechka” jamoalari oʻzaro bahs olib bordilar.

Yakunda “Energetika” fakultetining “Energetiklar” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egallab 24-fevral kuni Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadigan viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Leave a Reply