February 22, 2024

Day

Joriy yilning 22-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida mustaqil izlanuvchilarning imtihon suhbati boʻlib oʻtdi.Imtihon mutaxassislik fani yuzasidan tashkil etildi. Izlanuvchilarga dissertatsiya mavzusini tanlash, dissertatsiyasining dolzarbligi va yangiligi yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Joriy yilning 22-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida talaba-qizlar ligasida “Direktor kubogi” ning yakuniy fakultetlar oʻrtasida final musobaqasi tashkil etildi.Unda “Energetika”fakultetining “Energetiklar” va “Muhandislik”fakultetining “Serdechka” jamoalari oʻzaro bahs olib bordilar. Yakunda “Energetika” fakultetining “Energetiklar” jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egallab 24-fevral kuni Fargʻona shahrida boʻlib oʻtadigan viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.