April 23, 2024

Day

23-aprel — “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” munosabati bilan “Muhandislik” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Ekozakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Yoshlarda ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan qiziqarli o‘yinda “Omadlilar”, “Kosmos”, “Ekonomistlar”, “Burgutlar”, “Nefrit” jamoalari oʻzaro bahslashdilar. Yakunda “Ekonomistlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
26, 27, 28-aprel kunlari o’tkaziladigan #Hakaton musobaqasida o’z bilim va salohiyatiga ishongan barcha 16-30 yosh oralig’idagi Farg’ona vodiysi yoshlari ishtirok etishlari mumkin. Mazkur musobaqa BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarini kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirilgan bo’lib, siz quyidagi yo’nalishlarda birida ishtirok etishingiz mumkin:...