Fargʻona viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Munozara” intellektual oʻyinining final bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

OLIYGOHIMIZ NOTIQLARI IKKINCHI OʻRINNI QOʻLGA KIRITDILAR.

Joriy yilning 23-aprel kuni Fargʻona viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Munozara” intellektual oʻyinining final bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Jami viloyatning 12 ta oliy talim muassasalaridan tashrif buyurgan eng sara notiq talabalarni bir joyga jamlagan turnirda, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali notiqlari X.Xaydarov, X.Alijonov, A.Abdurahmonov va E.Anvarjonovlarning notiqlik mahorati hakamlar hayʼati va tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻldi.

Murosasiz bo’lib o’tgan oʻyin yakuniy natijalarga koʻra:
Fargʻona davlat universiteti
1-oʻrinni,

Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari 2-oʻrinni,

Fargʻona politexnika instituti talabalari 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Intellektual oʻyin qiziqarli voqealarga boy boʻldi va barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat bagʻishladi. Gʻolib jamoalar kitoblar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Leave a Reply