Joriy yilning 2-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali talabalari o’rtasida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etiladi.
Loyiha mehmonlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Minxojiddin Xojimatov va taniqli ijodkorlar Oʻktamxon Soliyeva, Baxodir Iso.
LOYIHA DOIRASIDA:
Adiblar ishtirokida Yashil makon loyihasi doirasida ko‘chat ekish;
Direktor bilan suhbat va fotosessiya tashkil etish;
“Munozara” klubida adiblarning hayoti va ijodi doirasida suhbat;
“Talabalar teatr studiyasi” tomonidan adiblarning asarlari asosida spektakl namoyishi;
Adiblar hayoti va ijodi bilan bog‘liq film va spektakl namoyishi, viktorina va “Zakovat” o‘yini;
TTJda adiblar ishtirokida suhbat va kitoblar taqdimoti;
Gulxan atrofida ijodkor talabalarning she’r va hikoyalarini tinglash kabi tadbirlar boʻlib oʻtadi.