Oliygohda “Mutolaa” loyihasi taqdimoti hamda “Qoʻrqma” hujjatli filmi premyerasi oʻtkazildi.

Joriy yilning 27-aprel kuni “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tdi.

Onlayn shaklda oʻtgan taqdimotda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, tyutorlar, Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari, “Qalqon” jamoatchilik guruhi hamda talabalar ishtirok etdilar.

Ushbu o’tkazilgan mutolaa loyihasida talaba yoshlarimiz uchun o’zgacha tushuncha va taassurot qoldirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Yangicha va takrorlanmas janrda jadidlarimiz va tarixiy asarlarimizni kino film shaklida yetkazib berish insonlarni yanada jalb qiladi.

Leave a Reply